Qabul jarayoni
Hujjat topshirish qulay va soddalashtirilgan, Imtihonlar shaffof tarzda tashkil qilingan.
Yuqori sifat
Nufuzli oliygohlarda malaka oshirgan professor -o'qituvchilar tomonidan darslarning olib borilishi
Maroqli talabalik davri
Talabalarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, qo'shimcha tashkilot tomondan tadbir, to'garak, bayramlarda ishtirok etish imkoniyati
Afzalliklar
Buxoro innovatsion tibbiyot texnikumida o'qishning bir qator afzalliklari mavjud.
Zamonaviy uslub va texnologiyalar
Ta'lim muassasamizda darslar yangi pedagogik texnologiyalar innovatsion texnik vositalar yordamida tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi
Interaktiv sensor doskalar
Interaktiv sensor doska orqali inson tana a'zolarining tuzilishini 3d modellarida ko'rib hamda hozirgi zamon talabi bo'lgan internet materiallari orqalitibbiyotga oid yangiliklarni dars jarayonlarda o'rganiladi.
Birinchi kursdanoq tibbiyot tajribasi
Texnikumda birinchi kursning o'zidayoq talabalar nufuzli klinika va kasalxonalarda amaliy mashg'ulotlarda qatnashishadi va bu jarayon malakali shifokorlar tomonidan tashkillashtiriladi.
Professor-o'qituvchilar
Klinik baza
Simulyatsion markaz
Talabalar
Qabul ma'lumotlari
Kerakli hujjatlar ro'yxati quyida keltirilgan
Yo'nalishlar
Buxoro Innovatsion tibbiyot texnikumida mavjud yo'nalishlar .
Umumiy amaliyot hamshirasi
Ta'lim kodi: 50910203
O’qish muddati – 3 yillik
Bitiruvchining kasbiy faoliyati sohasi:
-mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi davolash-profilaktika muassasalarida, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika barcha tibbiyot muassasalarida;
-Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarida, markazlashgan sterilizatsiya bo‘limlarida;
-oilaviy poliklinikalar ning muolaja, operatsiya, emlash va tor mutaxassislar xonalarida;
-fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limlarida aholi sog‘lig‘ini saqlash va bemorlarga yo‘naltirilgan hamshiralik ishini amalga oshiradi, shuningdek parxez ovqatlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va massaj hamshirasi, tibbiyot statisti sifatida faoliyat yuritadi.
Farmatsiya
Ta'lim kodi: 50910401
O’qish muddati – 3 yillik
Bitiruvchining kasbiy faoliyati sohasi:
- «Dori–darmon» davlat aksiyadorlik uyushmasiga qarashli mulkchilik shaklidan qat’iy nazar dorixonada;
-tayyor dori-darmonlar, parafarmatsevtik mahsulot va tibbiy buyumlarini, bemorlarni parvarishda ishlatiladigan buyumlarni, sanitariya va gigiena buyumlarini sotadigan, dorivor o‘simliklar va ulardan sharbatlar tayyorlaydigan dorixonalar bo‘limlarida;
- dorixonalarda dorilarni tayyorlovchi, davolash profilaktika muassasalari uchun dori tayyorlaydigan dorixonalarda;
- laboratoriyalarda nazoratchi-analitik, tayyor dori vositalarini sotadigan (tarqatuvchi) dorixona shoxobchalarida;
- dori vositalarini ishlab chikarish korxonalarida, tayyor dori vositalarini qadoklash va markirovkalash bo‘yicha operator lavozimlarida oliy ma’lumotli farmatsevtlar nazorati ostida faoliyat yuritadi.
Tuzilma

Rahmonov Ulug'bek G'iyos o'g'li
DirektorOtorinoloringolog

Aminova Muhabbat Zavqiddinovna
O'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosariAkusher-ginekolog

Jalolova Shahnoza Zakirovna
Yoshlar ishlari bo'yicha direktor o'rinbosariPedagog

Sadirova Dilorom Rajabovna
Kasbiy ta'lim bo'yicha direktor o'rinbosariBosh o'qituvchi

Amonova Sarvinoz Zamonovna
Kafedra mudiripedagog
Ko'p so'ralgan savollar
Talabalar va abiturientlar tomonidan eng ko'p berilgan savollar quyida keltirilgan.
- Nodavlat texnikumning diplomi o‘tadim?
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

- Bir o'quv yili uchun kontrakt
to'lovi qancha?
Eng kam mehnatga haq to'lash miqdorining 9.4 barobariga teng. (9.890.000 so'm)
- Kontrakt to'lovini bo'lib
to'lasa bo'ladimi?
Ha, albatta. Bir o'quv yili uchun 4 martaga belgilangan muddatda bo'lib to'lash mumkin.
- Kontrakt to'lovi uchun talim
krediti olish mumkinmi?
Ha albatta, batafsil ma'lumotni istalgan bankdan yoki texnikum buxgalteriya bo'limidan olishingiz mumkin.
Gallereya
Buxoro innovatsion tibbiyot texnikumi bilan bog'liq fotolavhalar.
